» » Namanganda 8-iyundan ochiladigan 119 ta masjid dezinfeksiya qurilmalari bilan ta’minlandi

Namanganda 8-iyundan ochiladigan 119 ta masjid dezinfeksiya qurilmalari bilan ta’minlandi


Respublika maxsus komissiyasi qaroriga muvofiq, 8-iyun, dushanba kunidan e’tiboran Namangan viloyatidagi “yashil” hududlarda ham masjidlar o‘z faoliyatini boshlaydi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.

Viloyatdagi “yashil” hududlar hisoblangan Mingbuloq, Yangiqo‘rg‘on, Kosonsoy, Pop, Namangan, Chortoq, Chust va Uchqo‘rg‘on tumanlarida jami 119 ta masjid faoliyati tiklanadi. Namangan shahri, To‘raqo‘rg‘on, Uychi tumanlari “qizil”, Norin tumani esa “sariq” hudud toifasida bo‘lganligi sababli bu yerlardagi masjidlar ochilishiga hozircha ruxsat berilgani yo‘q.

Namangandagi masjidlar dezinfeksiyalovchi qurilmalar bilan ta’minlandi. Namozxonlar ushbu qurilmadan o‘tganidan so‘ng harorati o‘lchanadi. Harorati 37 darajadan yuqori bo‘lgan va tibbiy niqob taqmagan shaxslar masjidga qo‘yilmaydi. Bu talablarning bajarilishi tibbiyot va SEOM xodimlari tomonidan nazorat qilinadi.

Masjidlarga kirish va chiqish joylarida odamlar to‘planishi, savdo-sotiq bilan shug‘ullanish, hadya va sovg‘alar tarqatilishi man etiladi. Namozlar ijtimoiy masofalanish saqlangan, fuqarolar orasidagi masofa 1,5-2 metr etib belgilangan holda ado etilishiga ruxsat beriladi.

Yangiqo‘rg‘on tumanida 7-iyun, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan tadbirda imom-xatiblarga ushbu tartiblar haqida batafsil tushuncha berildi. Ularning bajarilmasligi masjidlarning vaqtinchalik yopib qo‘yilishiga sabab bo‘lishi tushuntirildi.

“Masjidlarimiz yana namozxonlar uchun ochilayotgani juda katta ne’mat. Ibodatlarimizdagi duolar sabab mamlakatdan virus balosi chekinsa ajab emas”, — deydi viloyat bosh imom-xatibi Abdulhay Tursunov.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют