» » Ozishga yordam beradigan ziravorlar

Ozishga yordam beradigan ziravorlar


Ziravorlar nafaqat taom, shirinlik va salatlarga o‘ziga xos ta’m va xushbo‘y ifor beruvchi, balki kasallik va vazn tashlashda ham foydasi beqiyos mahsulot hisoblanadi.

Koriandr (kinza)

Hind oshxonasida muhim rol o‘ynaydigan, salat, go‘shtli va sabzavotli taomlarga qo‘shib tayyorlanadigan koriandr Lotin Amerikasi, xususan, Meksika oshxonasida ham o‘ziga xos ahamiyatga ega. Shuning uchun bo‘lsa kerak koriandr Meksika petrushkasi deb ham ataladi. O‘tkazilgan tadqiqotlarda aniqlanishicha, mazkur ziravor metabolizmni tezlashtirish xususiyatiga ega bo‘lib, uni taomlarga qo‘shib yeyilsa, vazn tashlash oson bo‘ladi.

Кardamon

Bir qancha tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, kardamonni muntazam iste’mol qilish qondagi qand miqdorini pasayishi va organizmdagi “yomon” xolesterinning chiqib ketishiga sababchi bo‘ladi.

Kurkuma

Kurkuma organizmdagi metabolizmni tezlashtirish xususiyatiga ega. Bundan tashqari, vazn tashlash maqsadida tutilgan qat’iy parhezdan keyin semirib ketmaslik uchun ham ushbu ziravordan foydalanish yaxshi samara beradi.

Dolchin (koritsa)

Dolchinning dorivor xususiyati beqiyos ekani sabab ham azaldan xalq tabobatida samarali foydalanib kelinadi. Mazkur mahsulotni chorak choy qoshiq iste’mol qilishning o‘zi organizmdagi metabolizmni yaxshilanishi, qondagi qand miqdorini oshib ketmasligini ta’minlaydi. Bundan tashqari, ovqat hazm bo‘lishi, energiya ko‘payishi va diqqatni oshirishda ahamiyatli bo‘lgan dolchinning atigi bir choy qoshig‘ida 150 gr chernikadagi antioksidant bo‘ladi. Dolchin — kaliy, temir, mis, rux moddalari, shuningdek, А, B1, B2, B9, С, E, К vitaminlarga boy mahsulot sanaladi.

Zanjabil (imbir)

Zanjabilning barra yoki quritilgan holida ham foydasi beqiyos. Metabolizmni yaxshilash, ishtahani kamaytirish, shuningdek, immunitetni ko‘tarishda ahamiyatli. Mazkur mahsulot organizmni turli zararli moddalardan tozalash xususiyatiga ega bo‘lgan kaliy manbayi hisoblanadi. Yana bir qiziq fakt, zanjabil — dengiz kasalligiga qarshi samarali vosita sifatida ham yaxshi ma’lum.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2020, 09:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют