» » O‘zbekistondagi “yashil” hududlarda joylashgan masjidlar o‘z faoliyatini boshladi (foto)

O‘zbekistondagi “yashil” hududlarda joylashgan masjidlar o‘z faoliyatini boshladi (foto)


O‘zbekistonda 8-iyundan “yashil” hududlarda joylashgan masjidlar faoliyatini boshlashi haqida xabar berilgandi. Musulmonlar idorasi sanitariya va ijtimoiy masofalanish qoidalariga rioya qilingan holda jamoat namozlarini o‘qish boshlangani tasvirlangan suratlar bilan bo‘lishdi.

“Jomelarda erta tongdan kelgan namozxonlar ijtimoiy masofani saqlagan holda bomdod namozini ado etdi. Shu bilan “yashil” hududlarda karantin mezonlariga amal qilgan holda ibodatlar boshlandi.

Xalqimiz boshga tushgan sinovlarni ‘Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir’, degan oyati karimaga amal qilib, chiroyli sabr ila yengib o‘tmoqda. Chindan ham har qaday qiyinchilik ortida yengillik borligini aholimiz o‘z faoliyatini qaytadan boshlayotgan jomelarimiz misolida yaqqol his etmoqda”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq “yashil” hududlarda joylashgan masjidlarda ibodatlarni tashkil etish bo‘yicha belgilangan talablar haqida ma’lum qilingandi.

Mavzuga doir: Namanganda 8-iyundan ochiladigan 119 ta masjid dezinfeksiya qurilmalari bilan ta’minlandi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2020, 09:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют