» » Namanganda qalbaki 100 AQSh dollarini muomalaga kiritgan shaxs ushlandi

Namanganda qalbaki 100 AQSh dollarini muomalaga kiritgan shaxs ushlandi


Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida qalbaki 100 AQSh dollarini muomalaga kiritgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura “Daryo”ga ma’lum qildi.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Uchqo‘rg‘on tuman bo‘limiga S.X. ismli tadbirkor murojaat qilib, savdo vaqtida qalbaki 100 dollar berib ketishganini ma’lum qilgan.

Ta’kidlanishicha, S.X. ga tegishli savdo do‘konidan 40 ming so‘mlik mahsulot xarid qilgan fuqaro to‘lov evaziga yonida so‘m yo‘qligini bahona qilgan va qalbaki 100 dollar berib, 960 ming so‘m qaytim olib ketgan.

Ushbu holat bo‘yicha IIB xodimlari bilan hamkorlikda qalbaki AQSh dollarini o‘tkazishda gumon qilinib ushlangan fuqaro J.O. xodimlarning qonuniy talablariga faol qarshilik ko‘rsatgan. U javobgarlikdan qochish maqsadida hamyonidagi har biri 100 AQSh dollari bo‘lgan qalbaki 3 dona kupyuralarning 2 donasini yirtib tashlagan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro J.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Andijonda 100 ming so‘mlik qalbaki kupyuralarni bozorda muomalaga kiritmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 97) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют