» » O‘n to‘rt yil oldingi Mercedes kabrioleti ikkita yangi AMG GT narxida sotildi (foto)

O‘n to‘rt yil oldingi Mercedes kabrioleti ikkita yangi AMG GT narxida sotildi (foto)


2006-yilda ishlab chiqarilgan Mercedes-Benz CLK DTM AMG kabrioleti ikkita yangi Mercedes-AMG GT narxida sotildi, deb xabar beradi Motor.

DTM AMG pristavkasiga ega Mercedes-Benz CLK DTM AMG 2006-yilda cheklangan nusxada ishlab chiqarilgan. Yuzta nusxadan faqatgina 80 tasi Yevropa bozori uchun mo‘ljallangan. Sotuvga qo‘yilgan kabriolet 14 yil davomida 5073 kilometr yo‘l bosgan va mashina ajoyib holatda saqlab qolingan.

CLK DTM AMG kabrioletlari DTM chempionatida g‘alaba qozonish maqsadida yaratilgani sabab u texnik jihatdan poyga kupesiga yaqinlashtirib ishlangan. Odatdagi CLK’dan maxsus versiya agressiv aerodinamik to‘siq, old va orqa tarafdan kengaytirilgan g‘ildirak izi, Dunlop shinalari bilan farq qiladi.

“O‘qlangan” kabrioletga 582 ot kuchiga ega 5,4 litrli V8 kompressor dvigateli o‘rnatilgan bo‘lib, u besh pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan boshqariladi.

Taqqoslash uchun, Mercedes-Benz CLK 63 AMG 482 ot kuchiga ega, CLK 63 AMG Black Edition maxsus versiyasiga esa 507 kuchli agregat o‘rnatilgan.

CLK DTM AMG kabrioletlari sun’iy yo‘ldosh navigatsiyalari, konditsioner, saloni charm, karbon, alyuminiy va alkantaradan ishlangan.

CLK DTM AMG kabriolet va kupelarining aksariyati taniqli insonlar tomonidan xarid qilingan. Ular orasida Formula-1 sobiq poygachilari Xuan-Pablo Montoyya, Mika Xakkinen va Jenson Battor, shuningdek, Alfa Romeo Racing F1’ning amaldagi poygachisi Kimi Raykkonen ham bor.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2020, 14:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют