» » Koronavirus konditsioner orqali aylanadigan havodan ham yuqishi mumkinmi?

Koronavirus konditsioner orqali aylanadigan havodan ham yuqishi mumkinmi?


8-iyun kuni AOKA huzuridagi shtabda Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov ishtirokida brifing o‘tkazildi.

Brifing davomida muhim savol va murojaatlarga javob qaytarildi. Xususan, Nurmat Otabekov konditsionerli xonada virus yuqish ehtimolligi to‘g‘risidagi savolga ham to‘xtalib o‘tdi.

“Ha, kasallik konditsioner orqali yuboriladigan havo orqali yuqishi mumkin. Konditsioner havoni butun bino ichida aylantirishga moslangan. Shu sababli doim aylanib turadigan havoda kasallik qo‘zg‘atuvchisi bo‘lishi mumkin”, — deydi inspeksiya boshlig‘i.

Shuningdek, Otabekovning aniqlik kiritishicha, aholi orasidan chiqqan bemorlar, epidemiologik surishtiruv natijalariga ko‘ra, birlamchi muloqotda bo‘lgan shaxslar karantinga olinadi, ikkilamchi muloqotdagi shaxslar — uy sharoitida 14 kun izolyatsiya qilinadi.

Mavzuga doir: 

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 4352 nafarni tashkil etmoqda. Shu vaqtgacha koronavirusga chalingan bemorlarning 3354 nafari butunlay sog‘aygan, 17 nafari esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют