» » Qaynatilgan tuxumni tez tozalash usulini ko‘rsatgan bloger internetda mashhur bo‘lib ketdi (video)

Qaynatilgan tuxumni tez tozalash usulini ko‘rsatgan bloger internetda mashhur bo‘lib ketdi (video)


Zak Krin ismli bloger qaynatilgan tuxumni bir soniya ichida po‘stidan tozalashni videoga olib, internetga joyladi va mashhur bo‘lib ketdi. Yigit rolikni o‘zining TikTok sahifasida e’lon qilgan.

Videoda Krin qaynatilgan tuxumni qo‘liga olib, uning ikki tomonini teshadi va biroz po‘stidan tozalaydi. Shundan so‘ng yigit tuxumni kaftiga olib, uning ustki qismidan pastki qismiga qarab qattiq puflaydi. Shunda tuxum po‘stidan ajralib ketadi.

Ayrim foydalanuvchilar bunday usulni gigiyena qoidalariga zid, deb atagan.

Krin boshqalarga atalgan tuxumni bunday tozalamaslikni maslahat beradi.

Blogerning roligiga Fox va Sun kabi yirik nashrlar e’tibor qaratdi. Shundan so‘ng uning videosi millionlab foydalanuvchilar tomonidan tomosha qilindi hamda Krin mashhur bo‘lib ketdi.

Boshqa qiziqarli xabarlar:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2020, 15:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют