» » Klaudio Ranyeri: Yevropada “Barselona” davri tugadi

Klaudio Ranyeri: Yevropada “Barselona” davri tugadi


Angliyaning “Lester” klubini sensatsion ravishda mamlakat chempioniga aylantirgan va kelasi mavsumning o‘zidayoq iste’foga chiqarilgan italiyalik mutaxassis Klaudio Ranyeri ko‘hna qit’ada “Barselona” davri tugadi degan fikrda.

O‘z vaqtida Yevropada “Manchester Yunayted”, “Ayaks”, “Yuventus”, “Milan”, “Inter” kabi klublar davr surgandi. Keyinroq esa katta sahnaga “Barselona” va “Real” klublari chiqib keldi. Bugun aytishim mumkinki, “Barselona” uchun barchasi tugadi.

Klaudio Ranyeri, italiyalik mutaxassis

Ma’lumot uchun, “Barselona” qatorasiga ikkinchi bor Chempionlar ligasining chorak finalidan o‘ta olmadi. Bir yil muqaddam Madridning “Atletiko” klubi “Barsa”ni chorak finalda qoldirib ketgan bo‘lsa, bu safar Turinning “Yuventus”i shunga muvaffaq bo‘ldi. Kataloniyalik futbolchilar har ikki o‘yinda ham “Yuventus” darvozasiga yo‘l topa olmadi.

Avvalroq “Barselona” bosh murabbiyi Luis Enrike mavsum yakuniga yetgach iste’foga chiqishi haqida aytib o‘tgandi.

Опубликовано: admin (21-04-2017, 09:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют