» » iPhone 11 egalari yashil tusga kirib qolayotgan ekrandan shikoyat qila boshladi

iPhone 11 egalari yashil tusga kirib qolayotgan ekrandan shikoyat qila boshladi


iPhone 11, 11 Pro va 11 Pro Max modellarining ayrim egalari ekrandagi barcha ranglar vaqti-vaqti bilan yashil tusga kirib qolayotganidan shikoyat qilmoqda, deb xabar beradi “Hi-Tech.Mail.ru”.

Ushbu muammoga duch kelgan foydalanuvchilar deyarli bitta ssenariyni tasvirlamoqda — smartfon blokdan chiqarilgach uning ekrani bir necha soniya yashil rangga kirib qolyapti va shundan keyingina o‘zining normal holatiga qaytmoqda.

iPhone 11 lineykasidagi smartfonlar ekrani turli sabablar bilan yashil tusga kirmoqda, xususan, displeydagi oq rangni qorong‘ulikda ko‘zga qulaylashtiruvchi Night Swift rejimini yoqqanda. Shuningdek, bu kabi muammo smartfon yorug‘ligi minimumga qadar tushirilganida ham paydo bo‘lmoqda.

Hozirda ushbu muammoning yechimi yo‘q. Ba’zida smartfonni o‘chirib-yoqish foyda bermoqda, biroq baribir ayrim smartfonlar ekrani yashil tusga kirib qolyapti. Haligacha mazkur xatolik dasturiy ta’minotdami yoki barcha uch modeldagi ommaviy nuqsonmi, noma’lum. Apple hozircha vaziyatga izoh bermadi, taxminlarga ko‘ra, kompaniya muammoni o‘rganmoqda.

Ta’kidlash kerakki, iPhone 11 modeli 2020-yilning birinchi choragi natijalariga ko‘ra, eng ommabop smartfonga aylangan, shu sababli yuqoridagi muammo  tasdiqlansa, kompaniyaga juda katta zarar keltirishi mumkin.

Mavzuga doir: Apple eski iPhone foydalanuvchilariga 500 mln dollar berishga tayyor, biroq sud shoshilmayapti



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют