» » Nima uchun O‘zbekistondagi “sariq” hududlarda bolalar bog‘chalariga ruxsat berilgani, o‘quv markazlariga esa ruxsat yo‘qligiga aniqlik kiritildi

Nima uchun O‘zbekistondagi “sariq” hududlarda bolalar bog‘chalariga ruxsat berilgani, o‘quv markazlariga esa ruxsat yo‘qligiga aniqlik kiritildi


Respublika maxsus komissiyasining qaroriga binoan, 15-iyundan boshlab O‘zbekistondagi “sariq” va “yashil” hududlarda bolalar bog‘chalarining faoliyatini qayta tiklashga ruxsat etilgan. Shuningdek, 5-iyundan boshlab faqat “yashil” hududlarda o‘quv markazlari faoliyatiga ruxsat berilgan.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov nima uchun “sariq” hududlarda gigiyena qoidalariga amal qilishi, ijtimoiy masofani saqlashi qiyin bo‘lgan bolalarning bog‘chaga borishiga ruxsat berilgani va ijtimoiy masofani saqlash, niqob taqish kabi gigiyena qoidalarini tushunadigan abituriyentlar o‘quv markazlarida o‘qishi mumkin emasligiga izoh berdi.

Nurmat Otabekov mazkur holatning sababi sifatida abituriyentlarning turli hududlardan tashrif buyurishi, bolalar bog‘chalari tarbiyalanuvchilarining esa ma’lum bir hududda yashashini ko‘rsatib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra. “sariq” hududlarda o‘quv markazlarining faoliyat yuritish imkoniyati sekinlik bilan yaratiladi. Biroq buning uchun vaziyat kasallik bir abituriyentdan boshqasiga o‘tmasligiga ishonch hosil qilish imkonini berishi kerak.

Qayd etilishicha, epidemiologik vaziyat nazorat ostida, Respublika maxsus komissiyasi esa vaziyatdan kelib chiqib, tegishli qaror qabul qiladi. “Har qanday cheklovlar sharoitida va vaziyatda ham karantin davrida belgilab qo‘yilgan talablarga rioya qilish kerak”, — dedi Nurmat Otabekov.

Eslatib o‘tamiz, 15-iyundan boshlab “yashil” va “sariq” hududlarda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida mashg‘ulotlarni 15 kishidan ortiq bo‘lmagan guruhlarda tashkil etishga ruxsat etilgan. Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan ma’lum qilinishicha, zarur xavfsizlik choralarini ta’minlab beruvchi xususiy MTTlari 2020-yil 15-iyundan faoliyatini boshlashi mumkin. Maktabgacha ta’lim vazirligi barcha holatlarni inobatga olib, davlat MTTlari faoliyatini xavfsiz va sifatli tashkil etishga qaratilgan dastur asosida 15-iyundan 1-iyulgacha yo‘lga qo‘yadi.

Shu bilan birga, 5-iyundan boshlab “yashil” hududlarda ta’lim markazlari, to‘garaklar 10 kishidan ko‘p bo‘lmagan guruh tashkil etib, vaqtini oldindan kelishgan holda faoliyat yuritishiga ruxsat berildi. Bunda xodimlar va bolalarning sog‘lig‘i holatini doimiy nazorat qilish (tana haroratini muntazam o‘lchab borish), infeksiya alomatlari mavjud bo‘lgan xodimlar va bolalarni mashg‘ulotlardan chetlatish, shuningdek, sanitariya-gigiyena va dezinfeksiya talablariga qat’iy rioya etish talab etiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 34) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют