» » Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi doimiy aviaqatnovlar 15-iyuldan tiklanishi mumkin

Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi doimiy aviaqatnovlar 15-iyuldan tiklanishi mumkin


Rossiya 15-iyuldan boshlab xalqaro aviaqatnovlarni qisman tiklashni rejalashtirmoqda. Bu haqda yirik aviakompaniyalardan biridagi manbaga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, “Rosaviatsiya” 15-iyuldan xalqaro aviaqatnovlarni qisman tiklash to‘g‘risida “Rospotrebnadzor”ga taklif yuborishni rejalashtirmoqda.

Taklifga ko‘ra, birinchi bosqichda Rossiya 15 ta mamlakatga parvozlarni tiklaydi. Qayd etilishicha, “Rosaviatsiya” dastlab Yevropa mamlakatlari, shu jumladan, Turkiya, shuningdek, Xitoy va Janubiy Koreya bilan chegaralarni ochish haqida taklif beradi.

Shuningdek, barcha takliflar koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha tezkor shtab tomonidan muhokama qilinadi hamda “Rospotrebnadzor” asosiy qarorni qabul qiladi. Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, ushbu davlatlar bilan aviaqatnovni tiklash to‘g‘risidagi qaror davlatlarning Rossiyadan parvozlarni qabul qilishga rozi bo‘lishiga ham bog‘liq.

“TASS”ning o‘z manbasiga tayanib ma’lum qilishicha, “Rosaviatsiya”ning takliflari yirik aviatashuvchilar bilan bo‘lgan yig‘ilishda shakllantirilgan. Yig‘ilish bosh vazir Mixail Mishustinning xalqaro aviqatnovlarni tiklash va sohani rivojlantirish bo‘yicha topshirig‘idan keyin bo‘lib o‘tgan.

“Interfaks” tomonidan xabar berilishicha, birinchi navbatda YeOII va MDH mamlakatlariga aviaparvozlar qayta boshlanishi mumkin.

Avvalroq Rossiya davolanishga va yaqin qarindoshlarini parvarishlashga boradigan xorijliklarga chegaralarini ochishi hamda ishlashga, o‘qishga, davolanishga va yaqin qarindoshlarini parvarishlash uchun mamlakatdan chiqib ketmoqchi bo‘lgan fuqarolarga ruxsat berishi haqida xabar berilgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 476 658 kishiga yetdi, kasallik qurbonlari soni 5971 kishini tashkil qilmoqda. Mamlakatda sog‘ayganlar soni 230 688 nafarga yetgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan aviaqatnovlarini qayta tiklash uchun epidemiologik vaziyatga bog‘liq ravishda “qizil”, “sariq” va “yashil” reyslarni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, 8—21-iyun kunlari oralig‘ida O‘zbekiston xorijdagi fuqarolarni olib kelish uchun yana 20 ta charter reys amalga oshiradi. Ularning asosiy qismi Rossiya shaharlaridan tashkil qilinadi.

Mavzuga doir: Turkiya 10-iyundan boshlab 40 ta mamlakat bilan aviaqtanovlarni tiklaydi. Ro‘yxatda O‘zbekiston ham bor



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2020, 19:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют