» » Habibning menejeri faoliyatini yakunlagan Konorga: Sen yillar davomida Toni Fergyusondan qochib yurding

Habibning menejeri faoliyatini yakunlagan Konorga: Sen yillar davomida Toni Fergyusondan qochib yurding


Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov va Jastin Getjining menejeri Ali Abdulaziz ikki vazn toifasi sobiq chempioni Konor Makgregorning MMA’ni tark etishi borasidagi qaroriga munosabat bildirdi.

“Habibning o‘rnini egallashing va Toni Fergyuson bilan jang qilishing kerak edi. Sen esa yillar davomida undan qochib yurding. Jastin Getji chiqdi va o‘z ishini bajardi.

Endi esa bir chetda o‘tirgan holda dunyoning eng kuchli ikki yakkakurashchisi o‘rtasidagi jangni tomosha qilishing kerak”, — deydi Abdulaziz.

Eslatib o‘tamiz, Getji UFC 249 musobaqasida Fergyusonni mag‘lub etgan holda yengil vazn vaqtinchalik chempionligini qo‘lga kiritdi va mazkur toifa chempioni — Nurmagomedov bilan jang qilish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Ular o‘rtasidagi jang sentabr oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Avvalroq Konor Makgregor 3-marta MMA’ni tark etishini e’lon qilgan, keyinroq esa unga Getji bilan jang qilish imkoniyati taqdim etilmaganidan noligandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 92) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют