» » Koronavirusdan tuzalgan bemorlarda kasallikdan keyin qanday asoratlar kuzatilishi ma’lum qilindi

Koronavirusdan tuzalgan bemorlarda kasallikdan keyin qanday asoratlar kuzatilishi ma’lum qilindi


O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i Nurmat Otabekov koronavirusdan tuzalgan bemorlarda kasallikdan keyin qanday belgilar kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.

Nurmat Otabekovning ma’lum qilishicha, davolangan odamlar uchun koronavirusning oqibatlari bir nechta omilga bog‘liq. Ular insonning immuniteti va surunkali kasalliklar hisoblanadi.

Qayd etilishicha, bemorlar sog‘aygandan keyin bir necha hafta davomida tez yurganda, zinapoyaga chiqishda yoki jismoniy zo‘riqqanda nafas qisilishi, isitmasiz va balg‘amsiz yo‘tal, surunkali kasalliklarning kuchayishi kabi asoratlar kuzatilishi mumkin.

Inspeksiya rahbarining bildirishicha, mazkur asoratlarga qarshi kurashish uchun davolangandan so‘ng immunitetni kuchaytirishga, vitaminlarga boy oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishga, kunda bir necha bor nafas gimnastikasini bajarishga va xonalarni doim shamollatib turishga ahamiyat berish kerak.

Mavzuga doir: Koronavirus konditsioner orqali aylanadigan havodan ham yuqishi mumkinmi?

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 8-iyun soat 17:00 holatiga ko‘ra, 52 nafarga ko‘paydi va kasallikni yuqtirib olganlarning umumiy soni 4404 nafarga yetdi. 8-iyun davomida koronavirusga chalingan fuqarolardan 3 nafari tuzalib, jami sog‘ayganlar soni 3357 nafarga yetdi. Hozirda shifoxonalarda 1030 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Mamlakatda pandemiya boshidan buyon 18 nafar bemor kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2020, 22:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют