» » Shavkat Mirziyoyev tashkilotlarda qaror qabul qilish jarayonlarini elektron formatga o‘tkazish konsepsiyasini tayyorlash haqida topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev tashkilotlarda qaror qabul qilish jarayonlarini elektron formatga o‘tkazish konsepsiyasini tayyorlash haqida topshiriq berdi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 8-iyun, dushanba kuni axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi islohotlar ijrosi bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda qayd etilishicha, bugungi kunda raqamli iqtisodiyot, “Elektron hukumat” xizmatlariga talab kundan kunga oshib bormoqda. Lekin hozirda 780 turdagi davlat xizmatining 185 tasidan “elektron portal” orqali foydalanish imkoni mavjud. Aksariyat tashkilotlarda ish jarayonini raqamlashtirish faqat hujjat almashinuvini elektronlashtirish bilan cheklanib qolmoqda.

Shu bois “Elektron o‘qitish dasturi” orqali o‘qib, diplom olgan dasturchilarni davlat va xo‘jalik muassasalariga IT mutaxassis sifatida ishga olish zarurligi ta’kidlandi. Ular tashkilotlarning barcha faoliyatini an’anaviy elektron formatdan raqamli ko‘rinishga o‘tkazishga mas’ul bo‘ladi.

Mavzuga doir: ATK vazirligi Prezident qarori bilan raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni rivojlantirish sohasidagi vakolatli organ deb belgilandi

Ta’kidlanishicha, bugungi kunda kambag‘al oilalarga kredit va subsidiyalar berish masalasini maxsus elektron dastur aniq mezonlar asosida avtomatik ravishda belgilashi kerak.

Bosh vazir maslahatchisiga xalqaro ekspertlarni jalb qilgan holda tashkilotlarda ruxsat berish va qaror qabul qilish jarayonlarini elektron formatga o‘tkazish bo‘yicha konsepsiya ishlab chiqish topshirildi.

Ma’lumot uchun, 2020-yilda O‘zbekistonda optik tolali aloqa qamrovini maktabgacha ta’lim tizimida 41 foizdan 100 foizga, xalq ta’limida 40 foizdan 70 foizga, sog‘liqni saqlash sohasida 38 foizdan 100 foizga yetkazish rejalashtirilgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda vazirlarning oylik mukofot puli tashkilotda АКТni qo‘llash darajasiga qarab belgilanadi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2020, 22:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют