» » Ferrari, McLaren va Lamborghini superkarlari poyga trassasida duel uyushtirdi (video)

Ferrari, McLaren va Lamborghini superkarlari poyga trassasida duel uyushtirdi (video)


YouTube’dagi Carwow kanali mualliflari Ferrari 488 Pista, Lamborghini Aventador SV va McLaren 720S maxsus versiyalari o‘rtasida duel uyushtirdi.

Lamborghini Aventador SV 2015-yildan boshlab seriyali ishlab chiqarilmoqda. Superkar 750 ot kuchi va 690 Nm aylanuvchi momentga ega 6,5 litrli V12 atmosfera dvigateli yordamida harakatga keladi. 1570 kilogramm og‘irlikka ega avtomobil narxi 315 ming funt sterlingdan boshlanadi.

Ferrari 488 Pista — duel uchligidan o‘rin olgan eng yengil va eng zamonaviy mashina hisoblanadi. Model 2018-yilda taqdim etilgan bo‘lib, unga 720 ot kuchiga ega 3,9 litrli V8 dvigateli o‘rnatilgan. U yetti pog‘onali “robot” uzatmalar qutisi yordamida harakatga keladi. Og‘irligi 1390 kilogramm bo‘lib, Buyuk Britaniyada 300 ming funt sterling turadi.

McLaren 720S modeli 488 Pista’dan bir yil oldin taqdim etilgan. Britaniya superkariga 4,0 litrli V8 tvin-turbo dvigateli o‘rnatilgan. 720 ot kuchi va 770 Nm aylanuvchi moment hosil qilishga qodir dvigatel yetti pog‘onali “robot” yordamida boshqariladi. Og‘irligi 1420 kilogramm bo‘lib, narxi 150 ming funt sterlingga teng.

McLaren italyan superkarlaridan ikki barobarga arzon bo‘lsa-da, 720S texnik tavsifi jihati bo‘yicha raqobatchilaridan ortda qolmaydi.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2020, 23:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют