» » Taxiatosh tumani hokimi Qoraqalpog‘iston Respublikasining yangi prokurori etib tayinlandi

Taxiatosh tumani hokimi Qoraqalpog‘iston Respublikasining yangi prokurori etib tayinlandi


8-iyun kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining beshinchi navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining a’zolari, bosh prokurori, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashining raisi va uning o‘rinbosarlari, shuningdek, respublikadagi vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etgan.

Yig‘ilishda tashkiliy — Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurorini lavozimga tayinlash masalasi ko‘rilgan. Qoraqalpog‘iston sobiq prokurori Xidir Karimov boshqa ishga o‘tgani uchun o‘z lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilinib, Konstitutsiyaning 70-moddasi 10-bandiga ko‘ra, Farhod Allambergenov Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlangan.

Allambergenov o‘z mehnat faoliyatini 1994-yilda Nukus shahar sudining sud ijrochisi lavozimidan boshlagan. Shundan keyin prokuraturada turli lavozimlarda faoliyat olib borgan. Ellikqal’a, To‘rtko‘l, Amudaryo tumanlari va Taxiatosh shahrida ishlagan. 2017-yil 14-avgustdan buyon Taxiatosh tumani hokimi sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Mavzuga doir: Ichki ishlar vazirining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i e’lon qilindi

Sobiq prokuror Xidir Karimov 2018-yil noyabr oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga tayinlangan edi, undan avval esa Navoiy viloyati prokurori sifatida faoliyat yuritib kelgandi. U Rashid Rahmatov o‘rniga O‘zbekiston bosh prokurorining o‘rinbosari lavozimini egallagan.

Avvalroq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining maxsus farmoyishi bilan Rustam Shamuratov To‘rtko‘l tumani hokimi lavozimiga tayinlangani, uning ushbu lavozimda 2018-yilning kuzida Ne’matulla Xudoyberganov o‘rniga tuman hokimi etib tayinlangan Yangaboy Bobojonovning o‘rniga kelgani haqida xabar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют