» » O‘zbekistonda yana 7 ta shaharda IT-parklar quriladi

O‘zbekistonda yana 7 ta shaharda IT-parklar quriladi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida 8-iyun, dushanba kuni axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi islohotlar ijrosi bo‘yicha taqdimot o‘tkazildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Taqdimotda axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyot sohasi mutaxassislariga sharoit yaratish masalalariga ham e’tibor qaratildi.

Mavzuga doir: O‘zbekiston bo‘ylab raqamli texnologiyalar bo‘yicha kamida 100 ta o‘quv markazi ochiladi

2019-yil Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari parki bunyod etilgan qayd etildi. Andijon va Marg‘ilon shaharlarida mazkur IT-parkning filiallari tashkil qilindi. Poytaxtda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot texnologiyalari maktabi hududida yana bir filial binosi qurilmoqda.

2020-yil yakuniga qadar Guliston, Buxoro, Namangan, Nukus, Samarqand, Urganch va Jizzax shaharlarida shunday filiallar tashkil etish rejalashtirilgan.

Taqdimotda mutasaddilar mazkur IT-parklar qurilishi, optik tolali liniyalar qamrovi, mobil internet tezligi va sifatini oshirish ishlari yuzasidan axborot berdi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident avvalroq ham texnoparklar qurish loyihalarining ijrosini ko‘rib chiqqandi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonning har bir viloyatida Yoshlar texnoparki tashkil etiladi

Ma’lumot uchun, 2020-yil 28-aprelda “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida raqamli iqtisodiyot bilan shug‘ullanadigan yaxlit tizim yaratildi. Jumladan, “Elektron hukumat”, iqtisodiyot tarmoqlari va qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, IT-parklarni tashkil etish va boshqarish kabi vazifalar to‘liq vazirlik vakolatiga o‘tdi.

Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev IT-park faoliyati bilan tanishdi va loyiha qurilishining yangi bosqichi uchun kapsula qo‘ydi (foto)



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2020, 23:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют