» » Ahmat Qodirov jamg‘armasi Chechenistonda 207 nafar kelinning qalin pulini to‘lab berdi

Ahmat Qodirov jamg‘armasi Chechenistonda 207 nafar kelinning qalin pulini to‘lab berdi


Ahmat Qodirov nomidagi xayriya jamg‘armasi Chechenistondagi 207 ta kam ta’minlangan oilaga kelinlarning qalin pulini to‘lashda ko‘mak berdi. Bu haqda “Grozniy” Checheniston davlat teleradiokompaniyasi xabar qilgan.

Moddiy yordam uylanishga shaylanayotgani, ammo koronavirus epidemiyasi sabab belgilangan cheklov me’yorlari sabab kelinlar qalin pulini to‘lay olmagan oilalarga ko‘rsatildi. Har bir oilaga fond mablag‘lari hisobidan 50 ming rubl pul to‘lab berildi.

Ahmat Qodirov nomidagi jamg‘armaning kelinlar qalin pulini to‘lashda kam ta’minlangan oilalarga ko‘mak berishi haqida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 26-mayda ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir: “Kasal bo‘lsam nima qilibdi, nima men odam emasmanmi? Kasal bo‘lishga haqim yo‘qmi?”. Ramzan Qodirov — koronavirus haqida

Ahmat Qodirov nomidagi jamg‘armaga 2004-yilda asos solingan. Unga respublika birinchi prezidentining rafiqasi Aymani Qodirova rahbarlik qiladi. 2015-yilda fondning budjeti biznesmenlarning xayriyalari, shuningdek, budjet hisobidan maosh oluvchilarning ixtiyoriy-majburiy badal pullari hisobiga qoplanayotgani ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, ushbu jamg‘arma bir nechta tijorat kompaniyalarining ta’sischisi hisoblanadi.

Jamg‘arma kam ta’minlangan oilalar ro‘zg‘ori, ularning yangi kvartira xarid qilishi, to‘ylarini o‘tkazishi, Haj safarlari uchun mablag‘lar ajratadi. Ramzan Qodirovning aytishicha, 2019-yilda jamg‘arma Chechenistonning 409 ming aholisiga moddiy yordam ko‘rsatgan. Tashkilot Checheniston infratuzilma obyektlarining qurilishi va ta’mirlanishida ham ishtirok etadi. Fond Yevropadagi eng katta masjid qurilishiga mablag‘ ajratgan.

Chechenistondan tashqari Shimoliy Kavkazning boshqa respublikalarida ham kelinlarga qalin puli to‘lash an’anasi mavjud. Chechenistonda pullardan tashqari kelin tomonga oziq-ovqat mahsulotlari ham yuboriladi.

Mavzuga doir: Ramzan Qodirov ingushlarni so‘kkani uchun uzr so‘radi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2020, 23:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 65) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют