» » Buxoroda mast holda mashina boshqarib, yo‘lovchilar hayotini xavf ostiga qo‘ygan ayol javobgarlikka tortildi (video)

Buxoroda mast holda mashina boshqarib, yo‘lovchilar hayotini xavf ostiga qo‘ygan ayol javobgarlikka tortildi (video)


Buxoro IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tungi reydda karantin qoidalariga zid harakat qilib, jamiyatda yurish-turish tartibini buzgan ayollar guruhi aniqlandi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati rahbari Ulug‘bek Shukrullayev ma’lum qildi.

Tungi reyd davomida YPX inspektorlari Cobalt rusumli avtotransport vositasini to‘xtatganda avtomashina salonida bo‘lgan besh nafar ayol IIB xodimlariga bo‘ysunmasdan, ularga faol qarshilik ko‘rsatgan. Ayol haydovchidan spirtli ichimlik hidi anqib turganiga qaramasdan, u tibbiy ko‘rikdan o‘tishdan bosh tortgan. Nojo‘ya xatti-harakat qilib, IIB xodimlarini haqorat qilgan.

Ayollarning faol qarshiligiga qaramasdan, haydovchi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. Natijada uning mast holatda ekani aniqlangan.

Holat yuzasidan ayol haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 131-moddasi (Transport vositalarini mast holda boshqarish) asosida javobgarlik qo‘llanilib, transport vositasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Shuningdek, Buxoro shahrida yashovchi 21 yoshli fuqaro N.J. karantin qoidalarini buzib, noqonuniy ravishda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullangan. U yo‘lovchi A.D.ni manziliga olib ketayotgan paytida YPX xodimlari tomonidan to‘xtatilgan. Shunda haydovchi yo‘lovchi tashimayotganini, yo‘lovchi sifatida ketayotgan fuqaro o‘zining nikohidagi qiz ekanligini aytib yolg‘on gapirgan.

Haydovchining odam tashishga urinishi o‘z isbotini topgach, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va transport vositasi vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Bundan avval esa Qashqadaryoda mast haydovchi boshqaruvidagi furgon “zapravka”dan orqasi bilan chiqib kelayotganda piyodani urib yuborishi oqibatida piyoda, Navoiy viloyatida esa ko‘chada mast holda yotgan erkakni Nexia bosib ketib,  fuqaro vafot etgani haqida xabarlar berilgandi.

Mavzuga doir: Farg‘onada karantin paytida ziyofat uyushtirgan ayollardan biri jarimaga tortildi, ikki nafari qamaldi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2020, 08:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 97) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют