» » Yashnobod tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi haqidagi hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi

Yashnobod tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi haqidagi hukumat qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi


Vazirlar Mahkamasining “2020—2022-yillarda Toshkent shahrining Yashnobod tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qarori loyihasi regulation.gov.uz portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun qo‘yildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bergan.

Mazkur qaror loyihasida Toshkentning Yashnobod tumanidagi ishlab chiqarish va mehnat salohiyatidan oqilona foydalanishni tashkil etish, sanoat, xizmat ko‘rsatish hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan bino-inshootlarni maqsadli ishlatishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Sanoat va xizmat ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish, yo‘l-transport, elektr energiyasi, tabiiy gaz ta’minoti infratuzilmalari faoliyatini yaxshilash, toza ichimlik suvi hamda oqova suv tarmoqlarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish, maktabgacha ta’lim muassasalari va umumta’lim muassasalarini yangidan qurish va ta’mirlash kabi qator yo‘nalishlardagi loyihalar hamda ular bajariladigan manzillar ko‘rsatilib o‘tilgan.

Shuningdek, tumandagi 14 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida “Zamonaviy mahalla” loyihasi asosida mahalla idoralari binolarini qurish belgilangan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2020, 09:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 82) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют