» » Boysunda “Jihodchilar” guruhi IIV va DXX tomonidan ushlandi

Boysunda “Jihodchilar” guruhi IIV va DXX tomonidan ushlandi


8-iyun kuni Boysunda Surxondaryo viloyati IIB va DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida O‘zbekiston hududida faoliyati taqiqlangan “Jihodchilar” ekstremistik oqimining bir guruh a’zolari qo‘lga olindi. Bu haqda viloyati IIB axborot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, ekstremistik faoliyatga aloqadorlikda gumon qilinayotgan Boysun tumanida yashovchi bir guruh fuqaroning yashash manzillarida tintuv va olib qo‘yish tergovi o‘tkazilgan. Tintuv natijasida ularning ayrimlari o‘zlarining uyali aloqa vositalari va kompyuter qurilmalari xotirasida taqiqlangan adabiyotlarni saqlash va tarqatish orqali inson ongini yot g‘oyalar bilan buzib kelayotgani ma’lum bo‘lgan.

“Dastlabki tekshiruvlar natijasida aniqlanishicha, ekstremistik guruhning a’zolari mehnat migranti sifatida Rossiyaga borib, u yerda ishlashi davomida xalqaro terroristik tashkilotlarning yot g‘oyalari ta’siriga tushib qolgan va oqim g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab kelgan. Ular yashash manzillariga kelganlaridan keyin ham tuman hududida ‘Jihodchilar’ ekstremistik oqimining yashirin jamoatini tuzib, yaqinlari orasida da’vat qilish ishlarini olib borib, ekstremistik ruhdagi materiallarni tarqatib kelayotganligi aniqlandi”, — deyiladi xabarda.

Hozirda, aniqlangan materiallar yuzasidan sudga doir adabiyotshunoslik ekspertizalari tayinlanib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida ham Toshkentda “Jihodchilar”ning navbatdagi guruhi IIV va DXX tomonidan ushlangan edi. May oyining oxirlarida esa Farg‘onada “Hizb ut-Tahrir” terrorchilik tashkiloti a’zolari qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2020, 10:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют