» » JSST koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyat yomonlashayotganini ma’lum qildi

JSST koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq vaziyat yomonlashayotganini ma’lum qildi


Dunyoda koronavirus infeksiyasining tarqalishiga bilan bog‘liq vaziyat yomonlashmoqda. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti rahbari Tedros Gebreyesusga tayanib, “TASS” xabar berdi.

“JSST salkam 7 million odam koronavirusga chalingani va qariyb 400 ming odam vafot etgani to‘g‘risida ma’lumot oldi”, — deydi Gebreyesus. Uning ta’kidlashicha, Yevropada vaziyat yaxshilanmoqda.

JSST rahbarining so‘zlariga ko‘ra, 7-iyul kuni butun dunyo bo‘ylab koronavirusga chalingan 136 ming odamning 75 foizi Amerika va Janubiy Osiyo hisobiga to‘g‘ri kelgan.

“Biz, shuningdek, COVID-19 bilan kasallanganlar soni Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo hududlarida o‘sayotganini ko‘ryapmiz”, — deya aniqlik kiritadi Gebreyesus.

Avvalroq Jons Hopkins universiteti ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 7 milliondan oshgani, AQShning o‘zida 1,9 milliondan ortiq bemor qayd etilgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: 

Eslatib o‘tamiz, 29-mayda JSST koronavirus infeksiyasidan vafot etgan bemorlar soni 350 ming nafardan oshganini ma’lum qilgan. 26-may kuni butun dunyoda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 5,5 milliondan, 21-mayda 5 milliondan, 31-mayda esa 6 milliondan oshib ketgani xabar qilingan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2020, 11:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют