» » Olimlar Yer sayyorasidagi eng toza havo qayerda ekanligini aniqladi

Olimlar Yer sayyorasidagi eng toza havo qayerda ekanligini aniqladi


Amerika va avstraliyalik olimlar guruhi Yer sayyorasida eng toza havo qayerda ekanligini aniqladi. Tadqiqot natijalari Proceedings of the Natural Academy of Sciences (PNAS) jurnalida chop etilgan.

Yerda inson faoliyati sabab jabr ko‘rmagan joylar deyarli qolmagan. Tadqiqotchilar sayyoradagi eng toza havo faqatgina Janubiy okean uzra — Antarktidani o‘rab turuvchi Tinch, Atlantika va Hind okeanlari suvlari yaqinida bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi. Olimlarning fikricha, bu yerdagi havo inson ta’siri va mintaqalar changidan eng kam zarar ko‘rgan. Ular o‘z maqolasida ushbu hududni haqiqatda qo‘l yetmagan joy deb atagan.

Mutaxassislar guruhi kema yordamida Tasmaniyadan Arktika muzliklarining janubiy qismiga qadar harakatlanib, o‘z yo‘llarida havo namunalarini yig‘di. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, olimlarning taxmini tasdiqlangan.

“Aftidan Antarktida janubiy mintaqalardagi mikroorganizmlarning tarqalishidan izolyatsiyalangan. Bu Janubiy okean inson ta’siri minimal darajada yetib borgan Yerdagi kam sonli hududlardan biri ekanligini ko‘rsatadi”, — deydi tadqiqot mualliflaridan biri Tomas Hill.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют