» » O‘zbekistonda abituriyentlar uchun test sinovlari o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati e’lon qilindi

O‘zbekistonda abituriyentlar uchun test sinovlari o‘tkaziladigan binolar ro‘yxati e’lon qilindi


Davlat test markazi 2020/2021-o‘quv yili qabulida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun test sinovlarini o‘tkazish rejalashtirilgan binolar ro‘yxatini e’lon qildi.

Ushbu ro‘yxatda respublika bo‘yicha test o‘tkaziladigan binolarning qaysi muassasada joylashgani, ularning raqami, soni, manzili va geolokatsiyasi ko‘rsatilgan.

Xususan, Toshkentda test sinovlari 12 ta binoda o‘tkazilib, buning uchun “O‘zekspomarkaz” Milliy ko‘rgazmalar majmuasi, Tennis sport majmuasi, Oliy o‘quv yurtlariaro sport majmuasi, Yoshlik sport majmuasi, Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internati binolaridan joy ajratilgan.

Test o‘tkaziladigan binolarning to‘liq ro‘yxati va manzili bilan DTM rasmiy saytida tanishish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda OTMlarga kirish imtihonlari 25-iyuldan 20-avgustgacha o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. Test sinovlari kunlik uch smenada o‘tkaziladi. Abituriyentlarni binoga kiritishda tana harorati o‘lchanadi hamda niqob va rezina qo‘lqoplari bilan ta’minlanadi. Test sinovlari o‘tkaziladigan bino hududi va ichki qismida kuniga 4 marta dezinfeksiya ishlari amalga oshiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2020, 13:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют