» » Shavkat Mirziyoyev Pekindagi “Bir mintaqa — bir yo‘l” forumida ishtirok etadi

Shavkat Mirziyoyev Pekindagi “Bir mintaqa — bir yo‘l” forumida ishtirok etadi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Bir mintaqa — bir yo‘l” strategiyasi doirasida xalqaro hamkorlik bo‘yicha oliy darajada bo‘lib o‘tadigan forumda qatnashish uchun Pekinga boradi, deya xabar bermoqda UzDaily.

Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I 28 ta davlat prezidentlari va bosh vazirlari ushbu forumda ishtirok etishini tasdiqlaganini ma’lum qildi.

“Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin taklifi bo‘yicha biz 28 nafar mamlakat va hukumat rahbarlari tasdig‘ini oldik”, — dedi Van I. Uning so‘zlariga ko‘ra, forumda ishtirok etishini O‘zbekiston Prezidenti ham tasdiqlagan.

Forum 14—15-may kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda BMT, Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon banki rahbarlari qatnashishi kutilmoqda.

Vazir qayd etishicha, forum yakunlari bo‘yicha “Bir mintaqa — bir yo‘l” strategiyasini amalga oshirish doirasida hamkorlik to‘g‘risida bitimlar imzolanishi ham kutilmoqda.

Опубликовано: admin (21-04-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют