» » “Barselona” sobiq prezidenti: “Figu xoin edi. Peres esa qabih ishga qo‘l urgan”

“Barselona” sobiq prezidenti: “Figu xoin edi. Peres esa qabih ishga qo‘l urgan”


“Barselona” sobiq prezidenti Joan Gaspart Luish Figuning mojaroli transferi haqida gapirdi.

“Figu xoin edi. Men “Barselona“ prezidenti etib saylangan kechada Figu menga qo‘ng‘iroq qilib, unda ikki yo‘l borligini aytdi — biri Madridga ketish, ikkinchisi “Barselona”da qolish.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agenti “Real” bilan shartnoma imzolab qo‘ygan. Agar Figu unga imzo chekmasa, taxminan, 3 million yevro to‘lashiga to‘g‘ri kelardi. Figu agentini noqulay ahvolga solib qo‘yish niyati yo‘qligini aytdi, ammo agar “Barselona” shu pulni to‘lab bersa, qolishi mumkinligini aytdi.

Men unga pullarni to‘lashimizni aytdim. Figu esa bank kafolat hujjatini olishimni so‘radi, biroq tun edi va men buni qila olmadim. Men unga barcha majburiyatlarni o‘z zimmamizga olishimiz haqida kafolat berdim, ammo u “Real”ga o‘tib ketdi. Bu mening yaqin do‘stim – Florentino Peresning jirkanch va makkorona ishi edi”, — deydi Joan Gaspart.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, Figu 2000-yilda “Barselona”dan “Real”ga o‘tgan. U “Real” safida 2000—2005-yillarda to‘p surgan, umumiy hisobda 239 ta o‘yin o‘tkazib, 57 ta gol urgan. U futbolchilik faoliyatini 2009-yilda “Inter”da yakunlaydi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2020, 15:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют