» » Kayfiyatni ko‘tarish xususiyatiga ega 6 mahsulot

Kayfiyatni ko‘tarish xususiyatiga ega 6 mahsulot


Inson kayfiyati qanday bo‘lishi bir qancha omillar, xususan, ovqatlanish bilan ham bog‘liq.

Braziliya yong‘og‘i

Tadqiqotlarda aniqlanishicha, inson organizmiga selen moddasi yetishmasligi depressiyaga moyillik, asabiylashish va surunkali charchoqni keltirib chiqaradi. Mazkur moddaga boy ekani bilan ahamiyatli bo‘lgan ushbu mahsulotni kuniga uch donadan iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Ustritsa (dengiz molyuskasi)

Dengiz delikatesi nafaqat o‘ziga xos ta’mi, balki miya faoliyatini yaxshilaydigan va energiya bilan ta’minlashda ahamiyatli bo‘lgan ruh moddasining manbasi hisoblanadi. Shuningdek, mazkur mahsulot, asabiylashishga qarshi samarali bo‘lgan aminakislota ishlab chiqarishda ham muhim rol o‘ynaydi. Kayfiyatni ko‘tarish uchun molyuskaning uch donasi yetarli.

Banan

Banan foydali mikroelementlar, A, B6, C vitaminlari hamda klechatka, kaliy, temir va fosforning manbasi hisoblanadi. Tongni yarim bo‘lak banan bilan qarshi olish kun bo‘yi kayfiyatingiz a’lo bo‘lishiga garov bo‘ladi.

Yasmiq (chechevitsa)

Ushbu donli mahsulot kayfiyatni ko‘taruvchi serotaninga boyligi bilan birga, qorinni to‘q tutadi, tez hazm bo‘ladi va qondagi qand miqdorini me’yorda ushlaydi.

Qora shokolad

Kayfiyatni ko‘tarishning eng yaxshi, ma’lum bo‘lgan usuli — shokolad iste’mol qilishdir. Faqat qora shokolad yeyish va me’yorni oshirib yubormaslik kerak bo‘ladi. 30 ishtirokchida 14 kun davomida o‘tkazilgan tadqiqot natijasiga ko‘ra, 40 gramm shokolad iste’molidan keyin stress gormoni kamaygani ma’lum bo‘lgan.

Suli yormasi

Suli yormasidan tayyorlangan bo‘tqa nonushta uchun eng yaxshi variant. Ushbu mahsulot uglevodlarga boy ekani sabab ham kunlik energiya bilan ta’minlaydi va kayfiyatni ko‘tarinki bo‘lishiga sababchi bo‘ladi. Suli yormasidan bo‘tqa tayyorlab, unga banan va yong‘oq qo‘shib iste’mol qilish tavsiya qilinadi.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2020, 15:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют