» » UFC chempioni Israel Adesanya qancha mablag‘ evaziga boks qoidalari bo‘yicha jang qilishga tayyorligini aytdi

UFC chempioni Israel Adesanya qancha mablag‘ evaziga boks qoidalari bo‘yicha jang qilishga tayyorligini aytdi


O‘rta vazn toifasida UFС chempioni Israel Adesanya qanday shartlar bo‘yicha boks tushishga rozi bo‘lishini aytdi.

“Men yaqinda Floyd Meyvezerning jurnalistlar uchun sparring ko‘rsatuvini tomosha qildim. Va keyin shunday dedim: ‘Men buni qilmayman’. Men jang san’ati mahoratimni kamaytirmoqchi emasman. Menda boks bo‘yicha tajriba bor. Boksdagi rekordim — 6 ta g‘alaba va 1 ta mag‘lubiyat. Birgina mag‘lubiyatim ham hakamlarning nohaqligi sabab bo‘lgan. Ular shunchaki, g‘alabani tajribasiz yigitga berishni xohlamagan.

Qanday narxga boks tushishga rozi bo‘laman? Kim bilan jang qilishim kerak va nima uchun? 100 millionmi? Yo‘q. UFC’da ham shuncha pul topishim mumkin. Bir milliard dollar evaziga ringga chiqaman. Faqatgina shu narxga imkoniyatlarimni 90 foizga qisqartirib, jang qilishga rozi bo‘laman”, — deydi Adesanya.

30 yoshli Adesanya faoliyati davomida 19 ta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan. 2019-yilning oktabr oyida u Robert Uittakerni nokautga uchratib, o‘rta vazn toifasida chempionlikni qo‘lga kiritgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют