» » Video: Dushmanlikni chetga surib, Angliyadagi bog‘da birga ovqatlanayotgan tulki va tipratikan

Video: Dushmanlikni chetga surib, Angliyadagi bog‘da birga ovqatlanayotgan tulki va tipratikan


Angliyaning Vustershir grafligi Malvern shahrida tulki va tipratikanning birga ovqatlanayotgani videoga tushib qoldi.

Odatda tipratikanlar tulkini ko‘rsa, yumaloq bo‘lib oladi, tulkilar esa tipratikanni ovlaydi hamda istalgan vaqtda hujum qilishi mumkin. Biroq ayrim hollarda jonivorlar ham o‘zaro dushmanlikni chetga surib turadi.

Tipratikan va tulki ular uchun mahalliy aholi vakili Styu Makkenzi qoldirgan ozuqa hamda qo‘ng‘izlarni birga paqqos tushirgan. Makkenzi hayvonlarni kuzatishni yaxshi ko‘radi, shuning uchun u ozuqa qoldirilgan joydagi daraxtga kuzatuv kamerasini o‘rnatib qo‘ygan.

Ikki jonivorning kechki tamaddisi Makkenzini hayratga soldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, jonivorlar avval o‘zlarini bunday tutmagan hamda bir-biriga dushmanlarcha munosabatda bo‘lgan.

“O‘ylashimcha, tulkilar vaziyatga qarab ish tutadigan jonivorlar. Agar tipratikan yaralangan bo‘lganida tulki o‘ylab o‘tirmay uni yeb qo‘ygan bo‘lardi. Biroq u sog‘lom tipratikanni ko‘rib, unga hujum qilish uncha yaxshi g‘oya emasligini tushungan”,— deydi Makkenzi.

Quyidagi tasvirlar esa 2013-yilda olingan.

Boshqa qiziqarli xabarlar:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2020, 17:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют