» » Uy qamog‘ida saqlanayotgan Ronaldinyo: Bunday og‘ir kunlarda “Barselona”ning daldasini eshitish muhim

Uy qamog‘ida saqlanayotgan Ronaldinyo: Bunday og‘ir kunlarda “Barselona”ning daldasini eshitish muhim


“Barselona” sobiq hujumchisi Ronaldinyo Paragvaydagi mehmonxonada uy qamog‘ida saqlanayotgani borasida gapirdi.

“Bizga yaxshi munosabatda bo‘lishyapti, biz xotirjammiz, chunki bu uzundan uzun 60 kun bo‘ldi. Bu yerda mashg‘ulot zali bor, sport bilan shug‘ullanyapmiz.

Uyda o‘tirganlar o‘zi ko‘nikib qolgan ishlarni qila olmaslik qanday bo‘lishini bilib oldi. Qiyin damlar ortda qolgandan so‘ng, bu bizga butun umrlik tajriba bo‘ladi.

“Barselona” doimo men haqimda qayg‘uradi va hurmat qiladi. Sobiq sheriklarim qanday ekanimni yaxshi biladi va men oson bo‘lmagan davrni boshdan kechirayotganimni tushunib turibdi. Bu dovulni tezroq ortda qoldirish uchun ularning qo‘llab-quvvatlashini eshitish muhim edi”, — deydi Ronaldinyo.

Mavzuga doir: Ronaldinyo: Hibsda saqlanishimni eshitish katta zarba bo‘ldi, bunday holatga tushaman deb o‘ylamagandim

Eslatib o‘tamiz, mart oyi boshlarida 40 yoshli braziliyalik akasi bilan Paragvay hududiga soxta pasport bilan kirganligi uchun hisbga olingandi. Shundan keyin ular 32 kun davomida qamoqda saqlandi. Hozirda aka-uka Asunsyondagi mehmonxonada uy qamog‘ida bo‘lib turibdi.

Avvalroq katalon klubi va uning bir qator futbolchilari braziliyalik futbolchini qo‘llab-quvvatlagandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2020, 18:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 69) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют