» » Angrenda 21 yoshli yigit o‘z tengdoshini pichoqladi

Angrenda 21 yoshli yigit o‘z tengdoshini pichoqladi


Angrenda o‘z tengdoshini pichoqlagan 21 yoshli yigitga jinoyat ishi ochildi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Voqea 3-iyun kuni soat 23:30 da, Toshkent viloyati Angren shahar Ohangaron ko‘chasida joylashgan “Al-Aziz” kafesi oldida joylashgan avtobus bekati atrofida yuz bergan. 21 yoshli M.S. tanishi, 21 yoshli A.O. bilan janjallashgan. Kelishmovchilik oqibatida M.S. o‘zi bilan birga olib kelgan oshxona pichog‘i bilan O.A.ning o‘ng biqin sohasiga bir marotaba zarb bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Oqibatda O.A. olgan tan jarohatlari bilan Angren shahar markaziy shifoxonasining jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.

Holat yuzasidan M.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2020, 20:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 104) ( 0) ( 102) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют