» » Sobiq chempion Genri Sehudo UFC’ga qaytishi shartlarini ma’lum qildi

Sobiq chempion Genri Sehudo UFC’ga qaytishi shartlarini ma’lum qildi


May oyida UFC’ni tark etishini ma’lum qilgan mutlaq yengil vazn toifasi sobiq chempioni Genri Sehudo bir shartga ko‘ra promoushenga qaytishga tayyor ekanini ma’lum qildi.

Yakkakurashchi avstraliyalik Aleksandr Volkanovskiga qarshi jang qilishni istamoqda.

“Men o‘z faoliyatimdan mamnunman. Meni qaytishga majbur qila oladigan bitta jang bor. Ertalablari mana shu jang haqidagi o‘ylar bilan uyg‘onaman. Aleksandr Volkanovskiga qarshi jangni nazarda tutyapman.

Uning ustidan qozonilgan g‘alaba meni MMA tarixidagi buyuk jangchilardan biriga aylantiradi”, — deydi Sehudo.

Sehudo 10-may kuni Florida shtatida bo‘lib o‘tgan UFC 249 musobaqasida sobiq chempion Dominik Kruzga qarshi jang qildi. Ikkinchi raunddagi nokaut evaziga g‘alaba qozongan Sehudo chempionlik kamarini himoya qildi. Shundan so‘ng sportchi faoliyatini tugatishini ma’lum qildi va kamarni topshirdi.

Volkanovski yarim yengil vazn toifasida UFC chempioni hisoblanadi. Avvalroq Aleksandr UFC 251 musobaqasida Maks Hollueyga qarshi jang qilishi ma’lum bo‘lgandi.

Sehudo MMA’da 18 jang o‘tkazib, 16 g‘alaba va 2 mag‘lubiyat qayd etgan. Shuningdek, u erkin kurash bo‘yicha 2008-yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlari chempioni hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2020, 21:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 51) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют