» » Shavkat Mirziyoyev grant asosida o‘qigan talabalarni kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda 3 yil ishlashga jo‘natishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev grant asosida o‘qigan talabalarni kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda 3 yil ishlashga jo‘natishni taklif qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 9-iyun, seshanba kuni milliy iqtisodiyot barqarorligini ta’minlashga doir dolzarb masalalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda davlat rahbari Xitoy tajribasidan kelib chiqib, kambag‘allik darajasi yuqori bo‘lgan qishloqlarga vazirlik va idoralarni biriktirib, muhtojlarga ko‘maklashish tizimini yaratish, oilaviy tadbirkorlik va tomorqachilikni rivojlantirish bo‘yicha topshiriqlar berdi. Davlat granti hisobiga tahsil olgan talabalar 3 yil muddatga shunday hududlarga mehnat faoliyati uchun yo‘naltirilishi taklifi bildirildi.

Ta’kidlanishicha, 8-iyun kuni qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga muvofiq, o‘zini o‘zi band qiluvchi faoliyat turlari soni 24 tadan 67 taga ko‘paytirildi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yil yakuniga qadar Andijonda 40 724 ta oilani, Farg‘onada 43 mingta oilani kambag‘allikdan chiqarish, O‘zbekistonda sanoat sohasida 145 ming kambag‘al aholini ishga joylashtirish rejalashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют