» » O‘zbekistonda Geologiya fanlari universiteti tashkil qilindi

O‘zbekistonda Geologiya fanlari universiteti tashkil qilindi


“Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi tizimida Geologiya fanlari universiteti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori e’lon qilindi.

Mazkur qaror bilan geologiya sohasida yuqori malakali va zamonaviy fikrlovchi oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash maqsadida Geologiya fanlari universiteti tashkil etildi.

Universitet Davlat geologiya qo‘mitasi, tog‘-kon sanoati korxonalari va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun geologiya yo‘nalishidagi malakali kadrlar tayyorlash hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bo‘yicha respublikaning ixtisoslashgan oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.

H.Abdullayev nomidagi Geologiya va geofizika instituti, Mineral resurslar instituti, Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti, Neft-gaz konlari geologiyasi va qidiruvi instituti, Geologiya sohasi kadrlari malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti hamda Davlat geologiya muzeyi universitet tarkibiga kiradi.

Universitetga talabalar har yili tasdiqlanadigan respublika oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqqan holda davlat buyurtmasi hamda to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinadi.

Talabalar respublikadagi davlat ta’lim standartlari asosida geologiya va konchilik yo‘nalishidagi yetakchi xorijiy oliy ta’lim muassasalari, shu jumladan, Sankt-Peterburg konchilik universitetining qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha ular bilan erishiladigan kelishuvlarga muvofiq o‘qitiladi.

2020-yil 1-sentabrga qadar Davlat geologiya qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda 2020/2021-o‘quv yili uchun universitetga talabalarni qabul qilish jarayoni talabga muvofiq o‘tkaziladi.

Universitet huzurida yetakchi geologiya va konchilik yo‘nalishidagi xorijiy oliy ta’lim muassasalarining, shu jumladan, Sankt-Peterburg konchilik universitetining maxsus umumta’lim va bazaviy texnik fanlarini o‘qitishga ixtisoslashgan Boshlang‘ich muhandislik tayyorlash markazi tashkil etiladi.

Universitet 2020/2021-o‘quv yilida I.Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti binosiga tekin foydalanish huquqi asosida joylashtiriladi.

Avval Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar institutini tashkil etish haqidagi qaror loyihasi muhokamaga qo‘yilgani, Toshkentda Sankt-Peterburg davlat universitetining filiali ochilishi hamda Yaponiya raqamli universiteti tashkil etilishi, shuningdek, Angrenda Janubiy Koreyaning Kukmin universitetining faoliyat boshlashi haqida xabarlar berilgan. 2020-yil 6-mayda esa Toshkent davlat transport universiteti tashkil etilgandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2020, 22:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 66) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют