» » Andijonda 21 yoshli kelinchak o‘z uyidagi pulni o‘g‘irladi

Andijonda 21 yoshli kelinchak o‘z uyidagi pulni o‘g‘irladi


Andijon viloyati Asaka tumanida o‘g‘riliklar sodir etib, pullarni talon-toroj qilgan 21 yoshli kelinchakning ushbu harakatlari fosh bo‘ldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bergan.

Xabarga ko‘ra, 2020-yilning may oyida, 21 yoshli I.Y. Asaka tumani Yangiobod mahallasida yashovchi qo‘shnisi 35 yoshli Sh.U. ga chorva mollariga qarab qo‘yishini aytib, xonadonining kalitini qoldirib ketganidan foydalanib, yotoqxonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 400 ming so‘m pul va bir dona planshetni yashirin ravishda o‘g‘irlagan.

Bundan tashqari, I.Y. 2020-yil 21-may kuni qo‘shnisi 18 yoshli J.K. bilan o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, o‘z xonadonida qaynonasi 47 yoshli O.Y.ga tegishli bo‘lgan 2 million 550 ming so‘m pulni yashirin ravishda talon-toroj qilib, ularni sherigi bilan o‘zaro taqsimlab olgan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (O‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2020, 02:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют