» » Namanganda ikki gektar yerni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbari ushlandi

Namanganda ikki gektar yerni noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan fermer xo‘jaligi rahbari ushlandi


Namangan viloyatida fermer xo‘jaligi rahbari fuqaroga 2 gektar yer ajratishni va’da qilib, undan ming AQSh dollari va 10 million so‘m mablag‘ni olgan vaqtida qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Xabarga ko‘ra Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Namangan viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan tumanida faoliyat yurituvchi “A.N.” fermer xo‘jaligi rahbari A.S. fuqaro A.X.ning ishonchiga kirib, uni aldab, fermer xo‘jaligining 2 gektar yer maydonida tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun tanishlari orqali hujjatlarni rasmiylashtirib berish evaziga 1000 AQSh dollari va 10 million so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

A.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (Firibgarlik) va 28, 211-moddasi 1-qismi (Pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2020, 08:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют