» » Jizzaxda o‘zgalar nomiga 120 mln so‘m kredit rasmiylashtirib, uni o‘zlashtirgan “Mikrokreditbank” xodimiga jinoyat ishi ochildi

Jizzaxda o‘zgalar nomiga 120 mln so‘m kredit rasmiylashtirib, uni o‘zlashtirgan “Mikrokreditbank” xodimiga jinoyat ishi ochildi


Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida to‘rt kishining nomiga kredit rasmiylashtirib, bu mablag‘larni o‘zlashtirgan “Mikrokreditbank” bo‘lim boshlig‘iga nisbatan jinoyat ishi ochildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura ma’lum qildi.

Xabar berilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurash departamentning Do‘stlik tuman bo‘limi tomonidan fuqaro S. A.ning Bosh prokuratura ishonch telefoniga qilgan murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Aniqlanishicha, “Mikrokreditbank”ning Do‘stlik filiali amaliyot bo‘limi rahbari Sh. B. va boshqalar mansab vakolatini suiiste’mol qilib, S. A. va yana uch nafar fuqaroning nomiga ularning ruxsatisiz “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida imtiyozli kredit hujjatlarini rasmiylashtirib, parranda va chorva mollari xaridi uchun 120 million so‘mni ta’minotchi korxonalarga o‘tkazib talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Sh. B. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi va 209-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq “Agrobank”ning Xorazm viloyati Gurlan tumanidagi filiali sobiq rahbari 400 million so‘mlik kredit mablag‘larini o‘zlashtirgani uchun jinoyat ishi ochilgandi.

Mavzuga doir: Andijonda 100 mln so‘mdan ortiq pulni o‘zlashtirgan soliqchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2020, 09:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 111) ( 0) ( 110) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют