» » Yevroparlament raisi Brexit yakunlari qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligini aytdi

Yevroparlament raisi Brexit yakunlari qayta ko‘rib chiqilishi mumkinligini aytdi


Buyuk Britaniyaning Yevroittifoqdan chiqishi haqidagi referendum (Brexit) yakunlari Birlashgan Qirollikda 8-iyun kuni bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlaridan so‘ng qayta ko‘rib chiqilishi mumkin. Bu haqda Yevroparlament raisi Antonio Tayani Britaniya bosh vaziri Tereza Mey bilan muzokaralar yakunlariga ko‘ra ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

“Agar saylovlardan keyin Buyuk Britaniya 50-modda (Lissabon bitimining u yoki bu mamlakatning Yevroittifoqqa a’zoligini to‘xtatish haqidagi muzokaralar jarayonini ishga tushiruvchi moddasi)ning amal qilishini bekor qilishni istab qolsa, jarayon juda oddiy bo‘ladi, — deb hisoblaydi Yevroittifoq raisi. — Agar London qolishni istaganida, bu hamma uchun manfaatli bo‘lardi. Men xursand bo‘lardim”.

Shu bilan birga u yakuniy qarorni Yevroittifoqning qolgan a’zolari qabul qilishini ta’kidladi.

Опубликовано: admin (21-04-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 21) ( 0) ( 18) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют