» » O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 4547 nafarga yetdi — aholi orasida yana olti kishida kasallik aniqlandi

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 4547 nafarga yetdi — aholi orasida yana olti kishida kasallik aniqlandi


O‘zbekistonda 10-iyun soat 10:00 holatiga ko‘ra koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 27 kishiga ko‘payib, 4547 nafarni tashkil etmoqda, deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi.

Yangi kasallanish holatlarining 21 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 6 holatda esa aholi orasida (Toshkent shahri 1 ta, Qashqadaryo viloyati 1 ta, Toshkent viloyati 4 ta) aniqlangan.

“Hozirda mamlakatimizda 1070 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 8 nafari og‘ir, 1 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda”, — deyiladi SSV axborotida.

Eslatib o‘tamiz, hozirgacha O‘zbekistonda 3459 kishi koronavirusdan sog‘aygan, 18 kishi esa kasallik asoratlari oqibatida vafot etgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 9-iyun kuni 80 kishida koronavirus aniqlandi. Ayrim holatlarda kasallik manbasi noma’lum bo‘lib turibdi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2020, 10:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 64) ( 0) ( 62) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют