» » Sport amerikalik ayolga saratonni yengishga yordam berdi

Sport amerikalik ayolga saratonni yengishga yordam berdi


AQShning Texas shtati Xyuston shahrida yashovchi ayol sport bilan shug‘ullanish unga og‘ir kasallikni yengishga yordam berganini aytadi. Uning so‘zlarini Metro nashri keltiradi.

54 yoshli Trisha Totten yoshligidan sportga qiziqadi. U aerobikaga qatnashardi, so‘ng og‘ir atletika bilan qiziqib qoldi. U ikki homiladorlik davrida ham sport bilan shug‘ullanishni kanda qilmadi. Farzandli bo‘lganidan keyin ham haftada uch marta sport zaliga borishga vaqt topardi.

2017-yilning martida unga ko‘krak bezi saratoni tashxisi qo‘yildi. Davolash muolajalari davomida u 16 marta kimyoviy hamda 33 marta nur terapiyasini oldi, ko‘kragining bir qismi olib tashlandi. Biroq dahshatli tashxis hamda og‘riqli muolajalardan keyin ham ayol sport bilan shug‘ullanishda davom etdi.

“Saraton tashxisi qo‘yilganida men kuch-quvvatga to‘lgan paytda edim. Farzandlarim ulg‘aygan, kollejda o‘qiydigan davr edi. Shuning uchun men asosiy vaqtimni sport zalida o‘tkaza olardim. Davolanish muolajalari boshlanganidan so‘ng, men mashg‘ulotlar vaqtini o‘zgartirdim va sport bilan shug‘ullanishda davom etdim”, — deydi ayol.

Tottenning fikricha, aynan sport mashg‘ulotlari unga xavfli kasallikni yengishga yordam bergan.

“Sport zalida o‘tkazgan vaqtim ham ruhiy, ham jismoniy salomatligimning qayta tiklanishida muhim rol o‘ynadi. Bu men kasalligim haqida unutadigan joy edi”, — deydi ayol.

Tottenning aytishicha, o‘zini qurbon sifatida his etishni to‘xtatganidan so‘ng davolanish jarayoni tezlashgan.

“Men ‘Nega bunday bo‘ldi?’ degan savolni ‘Hayotimni yaxshi tomonga o‘zgartirish uchun bu kasallikdan qanday foydalansam bo‘ladi?’ degan savolga almashtirdim. Shundan so‘ng o‘zimni kuchli his eta boshladim”, — deydi u.

Totten onkologik kasalliklarga chalinganlarni qo‘llab-quvvatlash uchun o‘zi haqida so‘zlab berdi.

Mavzuga doir: Uyda o‘zingizni sport bilan shug‘ullanishga majburlash uchun 7 ta sabab



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2020, 11:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют