» » Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘rtasidagi jang qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘rtasidagi jang qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi


Yengil vazn toifasida UFC chempioni Habib Nurmagomedov va vaqtinchalik chempion Jastin Getji o‘rtasidagi chempionlik jangi 19-sentabr kuni bo‘lib o‘tishi mumkin.

Jangni UFC 253 musobaqasi doirasida o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Hozircha bellashuv o‘tkaziladigan joy noma’lumligicha qolmoqda, biroq Las-Vegas yoki Abu Dabidagi “Jangchilar oroli”da bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Jastin Getji shu yilning 10-may sanasida UFС 249 musobaqasida Toni Fergyusonni mag‘lubiyatga uchratib, Habib Nurmagomedovga qarshi jang qilish huquqini qo‘lga kiritgandi.

Habib professional faoliyati davomida 28 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba (8 nokaut) qozongan. Getji esa umumiy hisobda 24 marta oktagonga ko‘tarilib, 22 bor g‘alabani (19 nokaut) qo‘lga kiritgan, 2 tasida imkoniyatni boy berib qo‘ygan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2020, 11:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 88) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют