» » O‘zbekistonda 1-avgustdan so‘ng “inomarka” narxi qancha bo‘ladi?

O‘zbekistonda 1-avgustdan so‘ng “inomarka” narxi qancha bo‘ladi?


O‘zbekistonda yengil avtomobillar misolida import qilinadigan transport vositalari narxi utilizatsiya yig‘imi va aksiz solig‘ini hisobiga qanchaga o‘zgarishi Norma ekspertlari tomonidan hisoblab chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 1-avgustdan boshlab ayrim transport vositalarini olib kirish uchun aksiz solig‘i stavkalari bekor qilinadi va utilizatsiya yig‘imlari joriy etiladi.

Masalan, hajmi 1000 kub santimetrdan ortiq bo‘lmagan dvigatelga ega avtomobilning narxi — 6000 dollar.

2020-yil 1-avgustga qadar:

Shunda jami bojxona to‘lovi 6859 dollar bo‘lib, avtomobilning oxirgi narxi 12 859 dollarni tashkil qiladi.

2020-yil 1-avgustdan keyin:

Shunda jami bojxona to‘lovi 5310 dollar bo‘lib, avtomobilning oxirgi narxi 11130 dollarni tashkil qiladi. Farq — 1549 dollar.

Shu bilan birga, hajmi 3000 kub santimetrdan ortiq bo‘lgan va 3500 kub santimetrdan yuqori bo‘lmagan dvigatelga ega avtomobilning narxi 30 000 dollar. 1-avgustdan uning narxi 6740 dollarga arzonlashadi.

“Shunday qilib, 1000 kub santimetrgacha bo‘lgan hajmli dvigatelga ega avtomobillar narxi 12 foizga, 3000 kub santimetrdan ortiq bo‘lgan va 3500 kub santimetrdan yuqori bo‘lmagan hajmli dvigatelga ega avtomobil narxi esa 10 foizga arzonlaydi”, — deyiladi xulosada.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2020, 12:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют