» » Yashnoboddan kichik halqa yo‘liga o‘tuvchi qo‘shimcha yo‘lning bir qismi vaqtincha yopildi

Yashnoboddan kichik halqa yo‘liga o‘tuvchi qo‘shimcha yo‘lning bir qismi vaqtincha yopildi


10-iyun kuni Yashnobod tumani Abdulla Qodiriy ko‘chasidan kichik halqa yo‘liga o‘tuvchi yo‘l avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 10-iyun kuni soat 11:00 dan 13-iyunga qadar Yashnobod tumani Abdulla Qodiriy ko‘chasidan kichik halqa yo‘liga o‘tuvchi qo‘shimcha yo‘lda ta’mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan mazkur yo‘l avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi.

Haydovchilar uchun yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.

Poytaxt hokimligi keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raydi.

Avvalroq Toshkentdagi Farg‘ona yo‘li va kichik halqa yo‘li ko‘chalari kesishmasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasining 8-mart ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan avtomobil yo‘lining bir tomonida qayta ta’mirlash ishlari sabab yopilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Mavzuga doir: Toshkent halqa avtomobil yo‘li ustidan o‘tuvchi ko‘prikning bir qismi vaqtincha yopiladi



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 66) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют