» » Karim Benzema 2,5 millionlik Bugatti’sini ko‘rsatdi (foto)

Karim Benzema 2,5 millionlik Bugatti’sini ko‘rsatdi (foto)


“Real” hujumchisi Karim Benzema Instagram’dagi sahifasiga o‘zining 2,5 millionlik Bugatti Chiron avtomobilining yangi fotosuratini joylashtirdi.

Fransiyalik forvard ushbu avtomobilni 2018-yilda sotib olgan, xuddi shu nusxadagi mashina “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduda ham bor.

Bugatti Chiron 2,5 soniyada 100 km/soat tezlikda, 6,5 soniyada 200 km/soat tezlikda, 13,5 soniyada esa 300 km/soat tezlikka chiqa oladi. Avtomobilning maksimal tezligi – soatiga 420 kilometrni tashkil qiladi.

Ta’kidlash joizki, Benzemaning garajida bundan tashqari yana bir nechta qimmatbaho mashinalar bor, ular orasida Lamborghini Aventador, Bugatti Veyron Pur Sang, Mercedes SLR McLaren, Mercedes AMG G63, Lamborghini Urus, Rolls-Royce Cullinam va Ferrari 488 Spider’ni ko‘rish mumkin.

Mavzuga doir: Ronaldu 9,5 mln yevroga Bugatti sotib oldi. Bu mashina atigi 10 nusxada chiqarilgan

Benzema joriy mavsumda La Liga bahslarida 26 bor maydonga tushib, o‘z hisobiga 14 ta gol va 6 assist yozdirib qo‘ygan. Uning Madrid klubi bilan amaldagi kelishuvi 2022-yilgacha amal qiladi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2020, 13:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют