» » O‘zbekistondagi Nestle kompaniyasi onlayn xaridlar trendini qo‘llab-quvvatlaydi

O‘zbekistondagi Nestle kompaniyasi onlayn xaridlar trendini qo‘llab-quvvatlaydi


Nestle kompaniyasi o‘zi uchun yangi bo‘lgan xaridorlarning e’tiborini jalb qilgan holda, O‘zbekistondagi onlayn bozorda ishtirokini mustahkamlab bormoqda.

Endilikda Nestle bolalar uchun oziq-ovqatlar toifasidagi mahsulotlarini yetkazib berish bilan mamlakatning www.allbazar.uz, www.babymarket.uz, www.lebazar.uz onlayn maydonchalarida buyurtma berish mumkin.

Bugungi kunda ushbu xizmat faqat Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, kompaniya butun respublika bo‘ylab onlayn maydonchalarda o‘z ishtirokini kengaytirishni ham rejalashtirgan.

“Nestle dunyodagi eng yirik oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklarni ishlab chiqaruvchi kompaniyadir; biz ota-onalar o‘z farzandlarining sifatli bolalar ovqatini iste’mol qilishiga ishonch hosil qilishi qanchalik muhimligini tushunamiz, — dedi O‘zbekistondagi Nestle bolalar oziq-ovqati departamenti rahbari Yelena Zlatogorskaya. — Oxirgi haftalardagi voqealar iste’molchilarning onlayn segmentga faol o‘tishiga sabab bo‘ldi. Tobora ko‘plab mijozlar internet orqali oziq-ovqat mahsulotlari va bolalar ovqatiga buyurtma berishmoqda, chunki bu qulay va osondir. Nestle xaridorlarning ehtiyojlariga e’tiborni qaratib, O‘zbekistondagi onlayn segmentida o‘zining ishtirokini mustahkamlab bormoqda. Biz bolalar ovqatlari toifasidagi mahsulotlarimizni Toshkentdagi eng yirik onlayn do‘konlarda taklif etayotganimizdan mamnunmiz va vaqt o‘tishi bilan ushbu yo‘nalish respublikaning boshqa hududlarida ham talabga ega bo‘lishiga ishonamiz”.

The Nielsen Company tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, onlayn xaridlarga o‘tish butun dunyoda tovarlarni uygacha yetkazib berish kabi uzoq muddatli trendga aylanishi mumkin. Trend shuni ko‘rsatmoqdaki, 2020-yilda internet-do‘konlar muntazam ravishda xizmatlar turini kengaytirish va sifatini yaxshilash ustida ishlashlari muhim ahamiyat kasb etadi.

“babymarket.uz” bolalar tovarlari internet-do‘koni rahbari Rustam Bababekov Nestle kompaniyasi bilan hamkorlik xususida shunday dedi: “Biz ishonchli ishlab chiqaruvchilarni afzal ko‘rgan holda, yetkazib beruvchilarni sinchkovlik bilan tanlaymiz va mahsulotlarning sifatini nazorat qilamiz. Nestle bilan biz o‘z tanlovimizga ishonamiz. Sherigimizning tovarlari turlari orasida sutsiz va sutli bo‘tqalar, birinchi ovqatlantirish uchun bolalar suti, mevali, sabzavotli va go‘shtli pyurelar taqdim etilgan. Bizning jamoamiz uchun onalar va ularning chaqaloqlariga g‘amxo‘rlik qilish bunday keng turdagi sifatli mahsulotlarni taklif etish demakdir”.

O‘zbekistondagi Nestle kompaniyasi talab yuqori bo‘lgan paytda mahsulotlarni, shu jumladan, onlayn chakana savdo yo‘nalishida uzluksiz yetkazib berish ustida tinimsiz ishlarni olib bormoqda. Kompaniya, shuningdek, O‘zbekistonning kelajak avlodi rivojlanishiga hissa qo‘shgan holda, sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanish madaniyatini shakllantirishga ham intilmoqda.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2020, 16:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют