» » Toshkentda uch kun ichida 203 kishidan 221 ta pichoq topildi

Toshkentda uch kun ichida 203 kishidan 221 ta pichoq topildi


Toshkent shahar IIBB xodimlari va Milliy gvardiya xizmatchilari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “Xavfsiz hudud” tadbiri doirasida o‘zlari bilan bita, kastet, pichoq va boshqa kesuvchi va sanchadigan buyumlarni olib yuradigan shaxslarni aniqlash bo‘yicha profilaktik ishlar olib borilmoqda. Ta’kidlanishicha, Toshkentda uch kun ichida 203 kishidan 221 ta pichoq topilgan.

Ta’kidlanishicha, barcha pichoqlar juda yaxshi charxlangan bo‘lib, ularning aksariyati maishiy ehtiyojlarga mo‘ljallanmagan. Bundan tashqari, uch kun ichida 20 ta metall tayoq, chiviqlar (qulaylik uchun ularning tutqichi izolenta bilan o‘ralgan), professional va qo‘lbola bitalar, kastetlar va boshqa insonga zarar yetkazish uchun qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan buyumlar topilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, (2020-yil yanvar—may) 5 oy ichida jami 4 548 ta pichoq hamda boshqa sanchadigan va kesuvchi buyumlar, 20 tadan oshiq bitalar hamda 50 dan ziyod kastet va boshqa buyumlar topilgan.

“Hurmatli hamshaharlar va shahrimiz mehmonlari! Yaqinlaringizga tushuntiring: pichoq olib yurish ko‘pincha baxtsiz hodisalarga olib keladi. Arzimas kelishmovchilik vaqtida ham shaxslar pichoq, bita, kastet va boshqa buyumlarni ishga solishadi. Natijada bir kishi shifoxonaga, ikkinchisi – sudlanuvchilar kursisiga tushadi. O‘ylab ko‘ring, sizga pichoq olib yurishning nima keragi bor? O‘zingizni himoya qilish uchunmi? Kimdan himoya qilish uchun? Axir siz shuncha ‘qotillik qurollari’ni olib yurib, atrofdagilar uchun xavf tug‘dirmaysizmi?” — deyiladi IIBB xabarida.

“Qurol to‘g‘risida”gi qonunining 9-moddasiga binoan O‘zbekiston hududida kasbiy yoki sport faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan, sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan, sport va xo‘jalik-maishiy maqsadlar uchun mo‘ljallangan ashyolarni (beysbol bitalarini (chillaklarini), softbol o‘yini uchun bitalarni (chillaklarni), pichoqlarni, shu jumladan, terini ajratib oladigan (shilib oladigan) pichoqlarni hamda sopol, plastmassa va boshqa nometall materiallardan yasalgan pichoqlarni jamoat joylarida ochiq (g‘ilofsiz) holda olib yurish taqiqlanadi.

Avvalroq Toshkentdagi kichik halqa yo‘lining Shayxontohur tumanidan o‘tgan qismida 5-iyun kuni ommaviy pichoqbozlik yuz bergani, ikki kishi jarohatlangani va bir kishi vafot etgani haqida xabar berilgan edi.

Mavzuga doir:

Eslatib o‘tamiz, shu yilning boshida Andijonda IIB xodimlari bozordagi sotuvchi va qassoblarning 350 dan ortiq pichog‘ini to‘mtoqlashtirib chiqqandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2020, 17:11)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют