» » Ferrari Enzo onlayn auksionda 2,64 mln dollarga sotildi

Ferrari Enzo onlayn auksionda 2,64 mln dollarga sotildi


2004-yilda ishlab chiqarilgan Ferrari Enzo sport avtomobili onlayn kimoshdi savdolarida rekord narxga — 2,64 million dollarga sotildi. Sportkar Sotheby’s onlayn-auksioni orqali sotilgan eng qimmat avtomobilga aylandi, deb xabar beradi Business Insider.

Ferrari Enzo cheklangan miqdorda ishlab chiqarilgan — 400 nusxada.

Sport avtomobiliga ikki xil rangli noyob Enzos poyga o‘rindiqlari o‘rnatilgan. Maksimal tezligi soatiga 350 kilometrga teng. Sportkar hozirga qadar 2011 kilometr masofa bosgan bo‘lib, unga ikki kishi egalik qilgan.

“Avtomobil bugungi kungacha ajoyib holda saqlanib qolgan: u xuddi uzoq tursa, sifati yaxshilanadigan vinoga o‘xshaydi. Shikoyat qilsa bo‘ladigan yagona narsasi — kuzovidagi bir-ikkita mayda nuqsonlar. Avtomobil saloni ham minimal darajada yemirilgan”, — deydi kimoshdi uyi vakili.

Ta’kidlash kerakki, Ferrari Enzo 2003-yilda 650 ming dollardan sotilgan.

Mavzuga doir:



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2020, 19:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 84) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют