» » Toshkentda Kichik halqa yo‘li kesishmasidan Jomiy maydonidagi aylanmagacha bo‘lgan yo‘l yopiladi

Toshkentda Kichik halqa yo‘li kesishmasidan Jomiy maydonidagi aylanmagacha bo‘lgan yo‘l yopiladi


2020-yilning 10-iyun kuni soat 21:00 dan 12-iyunga qadar Olmazor tumani Shimoliy Olmazor ko‘chasining Kichik halqa yo‘li bilan kesishmasidan Jomiy maydonidagi aylanma yo‘lgacha, Jomiy maydonidagi aylanma yo‘ldan Usta Shirin ko‘chasining Shiroq ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan yo‘lda ta’mirlash ishlari olib boriladi. Shu munosabat bilan mazkur oraliq masofa avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar qilgan.

“Ta’mirlash ishlari yakunlanguniga qadar haydovchilarga boshqa yo‘llardan harakatlanishlarini tavsiya etamiz”, — deyiladi poytaxt hokimligining xabarida.

Avval Yashnoboddan kichik halqa yo‘liga o‘tuvchi qo‘shimcha yo‘lning bir qismi vaqtincha yopilgandi. 8-iyunda Toshkent shahridagi Kichi halqa yo‘li ko‘chasida va ushbu ko‘cha bilan boshqa kesishmalarda yo‘lni ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi, Farg‘ona yo‘li va Kichiq halqa yo‘li ko‘chalari kesishmasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasining 8-mart ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan avtomobil yo‘lining bir tomoni hamda Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Muxtor Ashrafiy ko‘chasi bilan kesishmasidan Jarqo‘rg‘on ko‘chasi kesishmasiga bo‘lgan oraliqdagi ko‘prikning bir tomonlama harakatlanish qismi yopilishi xabar qilingan.

4-iyunda Toshkent halqa avtomobil yo‘li ustidan o‘tuvchi avtomobil ko‘prigining bir qismi ta’mirlash ishlari sabab avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilishi, undan avval esa Sergelida tuman hokimligidan O‘zgarish ko‘prigigacha bo‘lgan yo‘l vaqtinchalik yopilgani haqida xabarlar berilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2020, 20:56)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 79) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют