» » O‘FA raqib yuziga tupurgan Shavkat Salomovni jazoga tortdi

O‘FA raqib yuziga tupurgan Shavkat Salomovni jazoga tortdi


O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) tartib-intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unga ko‘ra, tartib qoidalarni buzgan bir qator futbolchilar va rasmiylarga jazolar tayinlandi.

“Surxon” futbolchisi Shavkat Salomov Superliga 3-turida “Nasaf”ga qarshi kechgan bahsda raqib futbolchisining yuziga tupurgani va tajovuzkor harakati uchun 2 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi va moddiy jarimaga tortildi. Tajribali futbolchi qo‘pollikdan keyin jamoa futbolchilari o‘rtasida yuzaga kelgan o‘zaro tortishuv vaqtida ushbu harakatlarni amalga oshirgandi.

“So‘g‘diyona” himoyachisi Shavkat Mullajonovga 3-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” bilan bo‘lgan o‘yinda raqib futbolchisining oyog‘iga zarba bergani uchun 2 o‘yinlik diskvalifikatsiya va moddiy jarima belgilandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2020, 21:26)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют