» » Andijonda 80 yoshli otaxonga tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma va fuqarolik pasporti topshirildi

Andijonda 80 yoshli otaxonga tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma va fuqarolik pasporti topshirildi


Andijon viloyatining Xo‘jaobod tumanida yashovchi 80 yoshli otaxon Obidjon Abdunabiyevga tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma va fuqarolik pasporti topshirildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov.

Davlat xizmatlari agentligi Andijon viloyati boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Obidjon Abdunabiyev 1940-yilda Xo‘jaobod tumanida tug‘ilgan. Biroq shu paytga qadar otaxonning shaxsini tasdiqlovchi hujjati bo‘lmagan. Turli yillarda hududdagi jamoa xo‘jaliklarida ishlagan va bir muddat tuman kinostudiyasida kinomexanik sifatida mehnat qilgan otaxon hujjatlari bo‘lmaganligi sababli ko‘p yillik mehnati hisobga olinmay, o‘z vaqtida pensiyaga chiqolmagan.

Obidjon Abdunabiyevning aytishicha, bundan 65 yil avval unga fuqarolik pasporti berilgan, lekin hech qancha vaqt o‘tmasdan pasportini yo‘qotib qo‘ygan. Shundan so‘ng, bir necha yil davomida hujjatini tiklash uchun harakat qilgan bo‘lsa-da, natija bo‘lmagan.

Tekshiruvlar davomida otaxon o‘z vaqtida uyida tug‘ilganligi, otasi 1942-yilda urushga ketib, 1943-yilda jang maydonida halok bo‘lganligi va boshqa sabablar tufayli unga tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma olinmaganligi aniqlangan.

Obidjon ota guvohnoma olish uchun Xo‘jaobod tuman FHDYoga murojaat qilgan va murojaatga muvofiq, tuman FHDYo bo‘limi va Davlat xizmatlari markazi xodimlari otaxonga tug‘ilganligi haqidagi guvohnoma va fuqarolik pasportini topshirgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2020, 21:41)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют